Murojaatchi Qo'shko'pir tumanidagi savdo do'konlarining biridan 19 500 000 so'mlik elektromotosikl sotib olgan. Ammo o'n kundan keyin uning nosozligi ma'lum bo'lgan. So'ng, fuqaro mas'ullardan ta'mirlab berishni yoki pulini qaytarishini so'ragan. Sotuvchi esa iste'molchining haqli talablarini rad etgan. Tuman jamiyati mutaxassislari aralashuvi bilan fuqaro murojaati ijobiy hal qilindi.